RSHTYOI markazi Qashqadaryo filialiga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat

image

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Doniyor Shodiyevich Tursunov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga direktor etib tayinlangan. 

Tibbiyot fanlari nomzodi Doniyor Tursunov bungacha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori, Kitob tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. 

Shuningdek, 54 yoshli mutaxassis 2017 yilda ham Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor Tursunov

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar