O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Buxoro muhandislik texnologiya institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Mamedqul Mustafoyev 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.

Mamedqul Mustafoyev 1938 yilda Qorako‘l tumanida tavallud topgan. 1960 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Yosh iste’dodli olim, tadqiqotchi sifatida u Samarqand hamda Buxoro davlat universitetlari aspiranturasida tahsilni davom ettirgan. Fan nomzodi ilmiy darajasini yoqlaganidan so‘ng esa Mamedqul Mustafoyevning taqdiri bevosita 1968 yildan boshlab Toshkent Politexnika institutining Buxoro filiali bilan bog‘langan.

Hayotini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan olimning bosib o‘tgan ilmiy faoliyati, qo‘lga kiritgan yutuqlariga havas qilish mumkin. Chunonchi, u 1978 yildan Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining tarix va siyosiy iqtisod kafedrasi mudiri, 1981 yildan tarix kafedrasi dotsenti, 2000 yildan mazkur fakultet professori darajasiga erishgan. Mohir pedagog, tarix fanining zukko bilimdoni umrining oxirigacha mazkur institutning ijtimoiy fanlar kafedrasida faoliyat yuritib, o‘nlab, yuzlab shogirdlar yetishtirdi.

Mamedquli Mustafoyev viloyatda “O‘zbek-Turkman” madaniy markazining ko‘p yillik rahbari sifatida millatlararo totuvlikni, ikki xalq o‘rtasidagi ahillik va birodarlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi. Ana shunday zahmatli mehnatlari va fidoyiligi uchun u “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Mamedqul Mustafoev

Baholaganlar

279

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar