Rossiyaning Yadro energetikasi agentligidagi faoliyati to‘xtatildi

Olam

image

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Yadro energetikasi agentligi Rossiyaning tuzilmadagi faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qildi.

“Rossiyaning IHTTning Yadro energetikasi agentligidagi a’zoligi IHTT boshqaruv organlari qaroriga ko‘ra, 11 apreldan to‘xtatildi. Rossiya Federatsiyasi a’zolikni to‘xtatib turish 11 maydan kuchga kirishi ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.

Rossiya agentlikka 2013 yilda qo‘shilgandi.

Yadro energetikasi agentligi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ixtisoslashgan agentligidir. Agentlikning bosh qarorgohi Parijda joylashgan.

Yadro energetikasi agentligi hukumatlararo tashkilot bo‘lib, yadro energetikasining hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumot almashish va tarqatish uchun mo‘ljallangan kichik forum sifatida Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda 34 davlat (shu jumladan Rossiya) agentlik a’zosi hisoblanadi, Hindiston va Xitoyagentlikning strategik hamkorlaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing