Rossiyaning Ukrainaga bosqini butun dunyo iqtisodi uchun qimmatga tushdi

Olam

image

Jahon savdo tashkiloti (JST) Ukrainadagi urush oqibatlari tufayli 2022 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishi bo‘yicha prognozini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda tashkilot bayonotida ma’lum qilingan

“Jahon yalpi ichki mahsulotining bozor kursi bo‘yicha 2022 yilda 2,8 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu avvalgi 4,1 foiz prognozdan 1,3 foizga past”, deyiladi bayonotda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sish 2023 yilda 3,2 foizga bo‘lishi kutilmoqda. Bu 2010-2019 yillardagi 3 foiz o‘sishga yaqin ko‘rsatkich. 

JST, shuningdek, 2022 yil uchun global savdo o‘sishi prognozini 4,7 foizdan 3 foizgacha tushirgan. Ukrainadagi urushdan tashqari, Xitoyda COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun joriy qilingan karantin tovar birjasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu chora "ta’minot zanjiri bosimi yumshab borayotgan bir paytda dengiz savdosini yana bir bor buzishi" aytilmoqda. Bu yana ishlab chiqarish resurslarining tanqisligiga va inflyatsiyaning oshishiga olib kelishi mumkin.

JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala Ukrainadagi vaziyat, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarga ta’sir qilishini aytgan. Bu kam daromadli mamlakatlarda oziq-ovqatga sarflanadigan xarajatlar bilan bog‘liq, chunki hozirda Rossiya va Ukraina oziq-ovqat ta’minotida asosiy o‘rinlarni egallaydi. Buning oldini olish uchun esa savdoni kengaytirish zarur. 

Gaz narxining oshishiga kelsak, bu jarayon AQSHdan ko‘ra ko‘proq Yevropaga ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, tashkilot Mustqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda ishlab chiqarish hajmi 7,9 foizga, import esa 12 foizga qisqarishini bashorat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

397

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing