Rossiyaning START'dan “chiqishi” yadro urushini anglatadimi?

Olam

image
Rasman: Rossiya o‘zini yadro quroli bilan himoya qilishga tayyor north_east

Rasman: Rossiya o‘zini yadro quroli bilan himoya qilishga tayyor

Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomada ishtirok etish to‘xtatilishi munosabati bilan Rossiya harbiy doktrinaga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov bugun, 22 fevral kuni jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi. 

“Kutilmaydi. Agar vaziyat talab qilsa, qo‘shimcha tahlillar o‘tkaziladi”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Diplomatning qayd etishicha, START shartnomasidagi ishtiroki to‘xtatilganidan keyin ham Moskva yadro urushiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik tamoyiliga sodiq qoladi. 

“Albatta, albatta, boshqacha bo‘lishi mumkin emas”, deydi u tegishli savolga javob berib. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 22 fevral kuni Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida Rossiya START’dagi ishtirokini to‘xtatayotganini, lekin undan chiqmasligini aytdi. Davlat rahbari shartnoma doirasidagi ishlarni davom ettirish masalasini muhokama qilishga qaytishdan oldin, Rossiya tomoni START nafaqat AQSHning, balki NATOning boshqa yadroviy davlatlari – Buyuk Britaniya va Fransiyaning arsenallarini qanday hisobga olishini tushunishi kerakligini aytdi. 

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi bugun, 22 fevral kungi yig‘ilishida Rossiyaning Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomada (START, START-III) ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

START-III

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing