Rossiyaning raketalar uchun mo‘ljallangan samolyoti yangi rekord o‘rnatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning raketalarni tashish va uchirish uchun mo‘ljallangan “Tu-160” samolyoti havoda 25 soat uchib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Sputnik Arabic” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, samolyot parvozi ikkita “Tu-160” samolyoti xavfsizlik xizmati xodimlarining muntazam parvozda bo‘lgan vaqtda amalga oshirildi. Parvoz 25 soatdan ortiq davom etib, yangi rekord o‘rnatilgan. Uchuvchilar havoda jami 20 ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tgan. Samolyot parvozi payti havoda 3 marta yonilg‘i quyish operatsiyasi amalga oshirilgan.

AQSHning “The National Interest” harbiy jurnalining “Tu-160” samolyotiga bag‘ishlangan maqolasida “Oq oqqush” nomi bilan tanilgan ushbu “temir qush” raketalar yuklangan ulkan yuk mashinasiga o‘xshaydi.

Jurnal “Tu-160” samolyoti eng katta va og‘ir bombardimonchi samolyot ekani va Amerikaning “B-1” bombardimonchi samolyoti hajm jihatidan undan kichikligini qayd etgan. “Tu-160“ samolyotining afzalliklaridan biri shundaki, u Mach 2 tezligidan (ovozning Mach tezligi) foydalana oladi.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing