Rossiyaning noqonuniy migrantlarga bergan muhlati tugamoqda. Muhojirlarga yana imkon beriladimi?

Jamiyat

image

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar hujjatlarini tartibga keltirishlari uchun berilgan muhlat ertaga,15 iyun kuni nihoyasiga yetadi. Kimda-kim Rossiyada bo‘lish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmasa, mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskva shahridagi Yagona migratsiya markazining ma’lumotnoma xizmatida, muhojirlarning Rossiyada bo‘lishlari uchun imtiyozli muddat uzaytirilgani to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. 

“15 iyundan keyin nima bo‘lishi hali ham aniq emas. Bizning bilishimizcha, shu vaqtgacha muddat uzaytirilmagan. Agar shunday bo‘lsa, unda xujjatlarini qonuniylashtirishga ulgurmagan ko‘p sonli chet el fuqarolari mamlakatdan chiqib ketishlari kerak bo‘ladi”, deya ta’kidlagan migratsiya markazi. 

Shuningdek, agar migrant butun pandemiya davomida Rossiyada bo‘lgan bo‘lsa, u mamlakatni uch oy - 90 kunga tark etishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil aprel oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoni kuchga kirgan edi. Unga ko‘ra, barcha chet el fuqarolariga mamlakatda bo‘lish muddati tugaganiga qaramay, qonuniy ravishda vaqtincha qolish va ishlashga imkon berildi. Bundan tashqari, qonunni buzgan chet elliklarga huquqiy maqomlarini hech qanday sanksiyalarsiz hal qilish imkoniyati ham berildi. 

Xabarga ko‘ra, Prezident farmoniga ko‘ra koronavirus tufayli deportatsiya qilish taqiqlanadi. Biroq, 15 iyun kuni hujjatning amal qilish muddati tugaydi va Federal migratsiya xizmati mamlakatga noqonuniy kirganlarni uyiga qaytarib yuborish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Rossiyada 1,6 millionga yaqin muxojirga mamlakatda qolishlariga ruxsat berilgan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar esa, 400 mingga yaqin odamning huquqiy holatini tartibga solishga imkon bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada O‘zbekistondan 332 mingdan ziyod, Tojikistondan 247 ming, Ukrainadan 152 ming, Ozarbayjondan 120 ming, Qirg‘izistondan 115 ming, Armanistondan 61 ming, Moldovadan 56 ming, Qozog‘istondan 49 ming noqonuniy muhojir bor.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing