Rossiyaning Mi-24 vertolyoti Armaniston-Ozarbayjon chegarasida urib tushirildi

Olam

image

Rossiyaning Mi-24 vertolyoti Armanistonning Yerasxaholi punktida halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti RF Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

Hodisa bugun, 9 noyabr kuni soat taxminan 17:30 larda (Moskva vaqti bilan) sodir bo‘lgan. Vertolyot Ozarbayjon chegarasi yaqinida Rossiyaning 102- harbiy bazasi avtokolonnasini kuzatib borayotganda qulagan.

“Mi-24 ga yerdan portativ zenit-raketa majmuasi bilan hujum qilindi. Raketa tegishi natijasida vertolyot boshqaruvni yo‘qotdi va Armaniston hududida tog‘li rayonga quladi”, deyilgan xabarda.

Natijada ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan, biri o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan evakuatsiya qilingan.

Rossiyaning 102-harbiy bazasi qo‘mondonligi vertolyotga o‘q uzganlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tergov olib bormoqda.

“Rossiyaning Mi-24 vertolyoti jangovar zonadan tashqarida Armaniston Respublikasi hududida havoda urib tushirildi”, deya ta’kidlagan Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.

Hodisa Tog‘li Qorabog‘da harbiy to‘qnashuvlar avj olgan vaqtda yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing