Rossiyaning mavjudligi G‘arbni g‘azablantiradi – Peskov

Olam

image

Kollektiv G‘arb Rossiya o‘zi xohlagandek yashashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsaga tayyor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Ba’zida shunday tuyuladiki, Rossiyaning mavjudligining o‘zi G‘arbning g‘azabiga sabab bo‘ladi va ular bizni o‘zimiz xohlagancha rivojlanib, o‘zimiz xohlagandek yashashimizga to‘sqinlik qilish uchun hamma narsaga tayyor”, deydi u.

Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya kamida bir necha o‘n yil davomida keyingi avlodga yangi imkoniyatlar yaratish uchun rivojlanmoqda, rivojlanish sur’atlarini oshirmoqda, inqirozga dosh berishga harakat qilmoqda, inqirozni yangilanish, yaxshilanish va rivojlanish yo‘lida ishlatmoqda. 

"Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qildik. Chunki shaxs kabi davlatning ham o‘z manfaatlari bor. Agar davlat qat’iyat ko‘rsatmasa, davlat borliqning asosiy masalalarida prinsipiallik ko‘rsatmasa, bu davlat o‘z mustaqilligini, suverenitetini, mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish, o‘zi xohlagan yo‘nalishda borish qobiliyatini yo‘qotadi”, deydi matbuot kotibi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kollektiv G‘arbga raketa va qurollarini mamlakat chegaralari yaqinida portlatishi, NATO kengayishi yoqmayotgani haqida bor ovozda aytishga harakat qilmoqda. Bundan Rossiya xavf sezmoqda va buni qilmaslik uchun G‘arbni umumiy qit’ada xavfsizlikning yangi tamoyillari bo‘yicha kelishib olishga taklif qilmoqda, iqtisodiyotda, savdoda kamsitish choralari bo‘lmasligi uchun tinch-totuvlikda yashash haqida kelishib olishni so‘ramoqda.

"Ammo ular bizni unchalik tinglashmadi, chunki dunyoda juda kuchli raqobat bor va umuman G‘arb piramida ko‘rinishidadir. Uning tepasida, boshqaruv markazida Qo‘shma Shtatlar joylashgan”, deya qo‘shimcha qilgan matbuot kotibi.

Peskovning aytishicha, Rossiya G‘arb qarama-qarshiligiga dosh beradi, buning uchun unda hamma narsa bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing