Rossiyaning maqsadi rus xalqini birlashtirish – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rus xalqini birlashtirishni mamlakat maqsadi deb atadi. Bu haqda u Pavel Zarubinga bergan intervyusida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yildan beri Rossiya Federatsiyasi Ukrainadagi vaziyatni “tinch yo‘l bilan” hal qilishga harakat qilmoqda.

"Biz u yo bu hududlarda yashovchi xalqni “himoya qilishga” majbur bo‘ldik, qrimliklarning tanlovini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘ldik. Hammasi shundan boshlandi. Lekin biz davlat to‘ntarishini amalga “oshirmadik”, deydi Putin.

Rossiya Prezidentining ta’kidlashicha, Moskva har doim barcha nizolarni tinch yo‘l bilan muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga intilgan va hozirda to‘g‘ri yo‘nalishda – o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilgan holda harakat qilmoqda. 

“Moskvaning geosiyosiy raqiblari hamisha “bo‘lib tasha va hukmronlik qil” tamoyiliga amal qilgan va hozir ham shunga intilayapti. Ammo bizning maqsadimiz boshqa narsa – rus xalqini birlashtirish", deydi davlat rahbari.

Vladimir Putin Rossiyaning boshqa tanlovi yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing