O‘zbekiston “Lukoyl” bilan hamkorlikdan qancha foyda ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi bilan imzolangan bitim asosida ikkita loyihani amalga oshirgan O‘zbekistonning daromadi 4 milliard dollardan oshdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Rossiya tomonidan loyihalarga kiritilgan sarmoya hajmi 8 milliard dollarni tashkil etadi, soliq to‘lovlari hajmi 12,4 trillion so‘mdan oshdi. O‘zbekiston va "Lukoyl" MCHJ o‘rtasidagi hamkorlik 2004 yilda Buxoro viloyatidagi uglevodorod konlari bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bilan boshlangan, uch yildan so‘ng esa Qashqadaryo viloyatidagi Hisor konlari guruhini o‘zlashtirish bo‘yicha xuddi shunday bitim imzolangan. 

Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim- maxsus iqtisodiy vosita bo‘lib, u ham davlatga, ham investorga daromad olish sharoitini yaratadi, investorga soliq va qonunchilik bazasidagi o‘zgarishlar uning doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga ta’sir qilmasligiga imkon beradi, deya tushuntiradi kompaniya.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyoda gaz sanoatidagi eng yirik ob’ektlardan biri Qandim gazni qayta ishlash majmuasi hisoblanadi. Ushbu sanoat kompleksida yiliga 8,1 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi. Bu orqali tozalangan tabiiy gaz, gaz kondensati, oltingugurt kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod bo‘lgan mazkur yirik loyiha "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing