Rossiyaning xalqaro zaxirasi mart oyida qariyb 11 mlrd dollarga kamaydi
Olam
−
11 aprel 2022
4181Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 606,409 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda mamalakat Markaziy banki ma’lum qildi.
“Bu mart oyi boshidagiga nisbatan 1,74 foizga (yoki 10,724 milliard dollar) kamdir”, deyiladi Markaziy bank bayonotida.
2021 yil 1 aprelda Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari 573,322 milliard dollarni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyi boshida Rossiya banki Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari hajmi to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni oshkor qilishni to‘xtatdi. Barcha nashrlar 18 fevral holatiga ko‘ra, ma’lumotlardan foydalangan, o‘shanda zaxiralar 643,2 milliard dollarga, ya’ni tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.
31 mart kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro zaxiralar 25 fevralda 629,4 milliard dollar, 4 martda 608,9 milliard, 11 martda 611,8 milliard va 18 martda 606,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
Rossiya Banki va Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan saqlanadigan yuqori likvidli xorijiy aktivlar bo‘lgan xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va monetar oltindan iborat.
Ma’lumot uchun, Rossiya zaxiralarining G‘arb davlatlarida joylashtirilgan 300 mlrd dollardan ortiq valyuta qismi muzlatilgan.
LiveBarchasi