Rossiyaning xalqaro zaxiralari 1 haftada 2,1 milliard dollarga o‘sdi

Olam

image
Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari 25 martga nisbatan 2,1 milliard dollarga ko‘payib, 606,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Rossiya Bankining rasmiy sahifasida keltirilgan.
 
“Xalqaro zaxiralar 1 aprel holatiga ko‘ra 606,5 milliard dollarni tashkil etdi va bir hafta ichida 2,1 milliard dollarga yoki 0,3 foizga oshdi”, deyiladi regulyator bayonotida.
 
Ma’lumot uchun, joriy yilning mart oyi boshida Rossiya banki Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari hajmi to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni oshkor qilishni to‘xtatdi. Barcha nashrlar 18 fevral holatiga ko‘ra, ma’lumotlardan foydalangan, o‘shanda zaxiralar 643,2 milliard dollarga, ya’ni tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.
 
31 mart kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro zaxiralar 25 fevralda 629,4 milliard dollar, 4 martda 608,9 milliard, 11 martda 611,8 milliard va 18 martda 606,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
 
Rossiya Banki va Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan saqlanadigan yuqori likvidli xorijiy aktivlar bo‘lgan xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va monetar oltindan iborat.
 
Ma’lumot uchun, Rossiya zaxiralarining G‘arb davlatlarida joylashtirilgan 300 mlrd dollardan ortiq valyuta qismi muzlatilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing