Rossiyaning Irkutsk viloyatida dahshatli suv toshqini kuzatilmoqda (video)

Olam

Rossiyaning Irkutsk viloyatida me’yoridan ortiq yoqqan yomg‘ir sabab ko‘plab hududlarga sel kelgan. Suv bosgan hududlarda  favqulodda holat e’lon qilindi. 

ТАССнинг xabariga ko‘ra, 9063 aholi istiqomat qiladigan 31 aholi yashash punktidagi 3735 uylar suv ostida qolgan. 

 

Rossiya FVV suv toshqinlarini bartaraf etish ishlarini boshlab yuborgan. Suv toshqinlari yuzaga kelgan hududda qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ayni vaqtga kelib ushbu suv toshqinlari aks etgan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing