Kuzda tetik yurish uchun nimalar yeyish kerak?
Foydali
−
12 Sentabr 2020
12819Kuz fasli kirib kelishi, quyoshli kunlar va kunduzgi soatlarning qisqarishi bilan odamlar kun davomida tetik yurish uchun nima qilish kerakligi haqida o‘ylay boshlaydi. Siz tog‘larni siljitishni xohlasangiz, kuzgi mavsumda nimalar yeyish kerakligini bilishingiz kerak.
Har qanday ofis xodimi qahvaning ish kuchiga ta’sirini yaxshi biladi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qahva bu borada siz o‘ylaganchalik foydali emas. Qahvadan ko‘ra, ko‘k yoki qora choy ichish ancha samaraliroq.
Ish kuningizni "uzaytirish" uchun yana qanday tabiiy "energetik"larni qabul qilish mumkin? Diyetolog-shifokor Yelena Solomatina bu borada maslahatlar berdi.
Foydali mahsulotlar orasida u adaptogenlarni alohida ta’kidladi. "Siz buning uchun o‘simlikli choylardan foydalanishingiz mumkin, masalan, jenshen, levzeya .Ushbu o‘simliklarni choyga qo‘shib ichishingiz mumkin. Ammo yuqori qon bosimi va uyqusizlik muammosi borlarga ular tavsiya etilmaydi.
Oziq-ovqatlar tarkibida esa oqsil moddasi bo‘lganlari yaxshi kuch bag‘ishlaydi. Ko‘p yemaslik, uzoq yurish va shu bilan birga miya yaxshi ishlashi uchun siz tuxum iste’mol qilishingiz mumkin," dedi Solomatina.
Tarkibida uglevod bo‘lgan bo‘tqalar ham yaxshi yordam beradi. Bo‘tqa tarkibiga S vitaminiga boy bo‘lgan yong‘oq va apelsin, greypfrut, olma, ananas kabi mevalarni qo‘shib tanovul qilishingiz mumkin.
Solomatinaning so‘zlariga ko‘ra, deyarli har qanday meva tetik yurishingizni ta’minlay oladi, masalan, qora smorodina, klyukva, imbir. Ammo shunday mevalar borki, aksincha, zararli hisoblanadi. Misol uchun, biron hamkasbingiz, o‘z dachasidan tergan gilosini sizga tekinga bersa ham, aslo yeya ko‘rmang. U melatonin ishlab chiqarilishini oshirib yuboradi.
Sabzavotlardan esa tarkibida S vitamini bo‘lgan qizil qalampir va tuzlangan karam yeganingiz yaxshi.
Energiyaning yana bir manbai - yantar kislotasi. U yogurt, kefir, kungaboqar yog‘i, uzum kabi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi