Rossiyaning eng serdaromad milliarderlari e’lon qilindi. Usmonov nechanchi o‘rinda?

Olam

image

Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 1,43 milliard dollar daromadi bilan “Forbes”ning 2020 yilda eng ko‘p daromad topgan rossiyalik milliarderlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etilishicha, 2020 yilda eng ko‘p daromad topgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Aleksey Mordashov egallagan. Uning dividendlar va Tele2 operatorining aksiyalarini sotish orqali tushgan daromadi 1,7 milliard dollarga teng.

Reytingda ikkinchi o‘rin Vladimir Lisinga nasib qildi. Dividendlar va NLMK aksiyalarini sotish orqali topgan daromadi unga to‘rtinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa chiqish imkonini berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Lisinning daromadi taxminan 1,48 milliard dollarga teng. 

Kuchli uchlikka kirgan millarder Alisher Usmonov o‘tgan yili USM Holdings`ning 49 foiziga egalik qilgan. U katta dividendni “ Metalloinvest” AJdan olgan. 2019 yil oxirida kompaniya aksiyadorlariga atigi 78,5 milliard rubl to‘lagan bo‘lsa, 2020 yilga kelib oraliq dividendlar 140 milliard rublni tashkil etgan.

Kuchli beshlikni “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov (1,14 milliard dollar) hamda senator Sulaymon Kerimov (922 million dollar) yakunladi. Shu bilan birga, reytingda 645 million dollar daromad bilan “Chelsi” futbol klubi egasi Roman Abramovich ham o‘rin olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Alisher Usmonov 2000 yildan 2014 yilgacha “Gazprom” davlat konglomeratining sho‘’ba korxonasi – “Gazprom Investholding”ni boshqargan. Bundan tashqari, milliarder 2006 yilda o‘zining san’at, fan va sport xayriya tashkilotiga asos solgan.

Shuningdek, “Forbes” reytingidan joy olgan Alisher Usmonov Facebookʼning birinchi investorlaridan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing