Rossiyaning eng serdaromad kompaniyalari nomi ochiqlandi

Olam

image

Rossiya kompaniyalarining 2020-2021 yillardagi darmadlarini o‘rganish natijasida “Gazprom” mamlakatning eng serdaromad kompaniyasi deb topildi. 2021 yilda “Gazprom"ning sof foydasi 2,2 trilion rublni tashkil qilgan. Bu haqda “Forbes” jurnali yozmoqda.

Daromad olish bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi natija “Sberbank”ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Rossiyaning yetakchi banki 2021 yilda 1 245,9 milliard rubl sof foyda olgan. Kuchli uchlikka "Rosneft" yakun yasab bergan. Komapaniya 2021 yilni 1 012 milliard rubl daromad bilan tugatgan.

"Lukoyl" 775,5 milliard rubllik daromad bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Surgutneftegaz" 553,2 milliard rubl foyda bilan Rossiyaning eng serdaromad kompaniyalari qatorida 5-o‘rinni egallagan.

Bundan tashqari, Rossiyaning eng daromadli kompaniyalari ro‘yxatida “Norilsk nikel” (512,9 milliard rubl), “Novatek” (451,6 milliard rubl), NLMK (371,7 milliard rubl), “Yamal SPG” (354,7 milliard rubl), VTB (327,4 milliard rubl) kabilarni ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

“Gazprom" “Sberbank” "Lukoyl"

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar