Rossiyaning eng boy odami kimligi ochiqlandi
Olam
−
04 may 2021
15428“Nornikelya”ning egasi Vladimir Potanin eng boy rossiyalik deb topildi. Bloomberg Billionaires Index (BBI) ekspertlari shunday xulosaga kelgan. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Indeksga ko‘ra, 3 may holatida biznesmen Potaninning boyligi 32,1 milliard dollarni tashkil etgan, yil boshidan buyon u 2,06 milliard dollarga boyigan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya boylari orasida ikkinchi o‘rinda 28,4 mlrd dollarlik boylik bilan Novolipetsk metallurgiya zavodi egasi Vladimir Lisin turadi. U yil boshidan beri 4,57 mlrd dollarga boyigan. Uchinchi o‘rinni “Severstali” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov egallab turibdi. Uning boyligi 28,1 milliard dollarga baholandi. Mordashevning boyligi 2021 yil boshidan beri 5,19 milliard dollarga ko‘paygan.
Shu bilan birga, dunyodagi eng boy odamlarning holatini real vaqt rejimida kuzatib boradigan “Forbes Real-time” reytingi Mordashov va uning oilasini eng boy ruslar ro‘yxatida 32,7 milliard dollar bilan birinchi o‘ringa qo‘ygan.
Potanin Rossiya “Forbes” ro‘yxatida 2021 yil fevraligacha yetakchi bo‘lgan. “Nornikelya” korxonalarida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalardan so‘ng, kompaniyaning aksiyalari va ular bilan birga egasining boyligi tushib ketdi. Bu Mordashovga Potaninni ortda qoldirib, eng boy ruslar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallashga imkon berdi.
LiveBarchasi