O‘zbekistonliklar Rossiyaning yettita shahrida ovoz berishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari prezidentlik saylovlarida Rossiyaning yetti shahridagi saylov uchastkalarida ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda TASS agentligi O‘zbekistonning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasiga tayanib, ma’lum qildi.

“24 oktyabr kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha Moskvadagi elchixona huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida, shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg va Rostov shaharlaridagi respublika konsullik muassasalarida O‘zbekiston Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”, deyiladi elchixonaning xabarida.

Qayd etilishicha, respublika fuqarolari Rossiyada saylov uchastkasidan uzoqda bo‘lgan joylarda, shuningdek, saylov kuni yashash joyida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan hollar uchun joriy yilning 14-20 oktyabr kunlari 300 dan ortiq muddatidan oldin ovoz berish ko‘chma punktlari tashkil etilgan.

O‘zbekiston elchixonasinining ma’lum qilishicha, saylov uchastkalari epidemiologik xavfsizlik choralarini, shu jumladan binolarni erta dezinfeksiya qilish, ijtimoiy masofaga rioya qilish, antiseptiklar va tibbiy niqoblardan foydalanishni hisobga olgan holda ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda navbatdagi Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Faqat siyosiy partiyalar prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqiga ega, respublikada hozirda beshta partiya bor. 

Ularning ichida eng yoshi katta O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi prezidentlikka partiya siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova nomzodini ko‘rsatgan. “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Ekologik partiya o‘z rahbarlari – Bahrom Abduhalimov, Alisher Qodirov va Narzullo Oblomurodovni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan.

Respublikadagi eng yirik va nufuzli O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z nomzodi sifatida amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyevni ko‘rsatdi. 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida u aynan shu partiyadan saylovda ishtirok etgan va 88,61 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing