Rossiyani zaxiralari borgan sari kamayyapti

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining xalqaro zaxiralari 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra 593,052 milliard dollarni tashkil etdi, bu aprel oyining boshiga nisbatan 2,2 foizga (yoki 13,357 milliard dollar) kamdir. Bu haqda mamlakat Markaziy banki xabar berdi.

Ma’lumot uchun, 1 aprel holatiga ko‘ra, mamlakat xalqaro zaxiralari 606,4 mlrd dollarni tashkil etgan, mart oyida esa 617 133 mlrd dollarga yetgan.

Rossiya Banki va Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan saqlanadigan yuqori likvidli xorijiy aktivlar bo‘lgan xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va monetar oltindan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya zaxiralarining G‘arb davlatlarida joylashtirilgan 300 mlrd dollardan ortiq valyuta qismi muzlatilgan.

S&P Global Ratings (S&P) xalqaro agentligi Rossiyaning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit reytinglarini “CC” dan “SD”ga, ya’ni “tanlangan defolt”ga tushirgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xorijiy valyutadagi reytingini “tanlangan defolt” darajasiga tushirishiga ob’ektiv sabablar yo‘qligini davo qilgan edi. 

Buning ortidan Rossiya Federatsiyasi Moliya vaziri G‘arb davlatlari Rossiyani defolt deb e’lon qilsa, Moskva sudga murojaat qilish niyatida ekanini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing