Rossiyani qariyb 4 mln kishi tark etdi

Olam

image

Joriy yilning birinchi choragida Rossiyani 3,8 million kishi tark etgan. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, eng ko‘p rossiyaliklar jo‘nab ketgan hudud Abxaziya bo‘lib, u yerga 744 548 nafar kishi borgan.

Qozog‘istonda ham rossiyaliklar oqimining o‘sishi kuzatilmoqda. 2021 yilda ushbu mamlakatga 122 330 Rossiya fuqarolari kelgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 204 947  nafarga yetgan. 

Armanistonga 134 129 kishi borgan, bir yil avval bu ko‘rsatkich 44 586 kishini tashkil etgan edi. Tojikistonga ruslar oqimi qariyb 5 baravar oshgan – 40 054 kishi ( 2021 yilda 8 857). 

Bundan tashqari, Rossiya bosqini ostida qolgan Ukrainaga 328 435 nafar rossiyalik ketgan (2021 yilda - 316 286). Qaytish statistikasi esa hisobga olinmagan.

O‘zbekistonda esa rossiyalik sayohlarning soni keskin oshgan – 53 084 kishi. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 15 206 kishini tashkil qilgan. 

Shuningdek, Gruziyaga ham 38 281 nafar rossiyalik sayohat uchun borgan (bir yil avval 8 504).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

676

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing