Rossiyani G20 dan chiqarib yuborishmoqchi – “Reuters”

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning g‘arbiy ittifoqchilari Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan keyin yirik iqtisodiyotga ega yigirmalik guruhida (G20)  qolishini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

G20 AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniyani o‘z ichiga olgan yetti davlatdan iborat kichikroq guruh bilan birgalikda iqlim ta’siridan tortib transchegaraviy qarzlargacha bo‘lgan hamma masalalarni muvofiqlashtirish uchun asosiy xalqaro platforma hisoblanadi.

“Rossiyaning G20 a’zosi bo‘lishi mantiqiymi yoki yo‘qmi degan muhokamalar bo‘ldi. Agar Rossiya a’zo bo‘lib qolsa, u unchalik foydali bo‘lmagan platformaga aylanadi”, degan G7 dagi manba.

AQSH Prezidenti Jo Bayden shu hafta Bryusselda ittifoqchilari bilan uchrashganida Rossiyani G20dan siqib chiqarishga harakat qiladimi, degan savolga Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan shunday javob berdi:

“Biz Rossiya uchun xalqaro institutlarda va xalqaro hamjamiyatda odatdagidek biznes bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaymiz”.

Biroq, Qo‘shma Shtatlar boshqa bayonot e’lon qilishdan oldin ittifoqchilari bilan maslahatlashishni rejalashtirmoqda.

Yevropa Ittifoqidagi manba Indoneziya raisligida o‘tadigan G20 ning bo‘lajak yig‘ilishlarida Rossiyaning maqomi muhokama qilinishini alohida urg‘ulagan.

Biroq G7 dagi manbaning aytishicha, hozir G20 ga yetakchilik qilayotgan Indoneziya yoki Hindiston, Braziliya, Janubiy Afrika va Xitoy kabi a’zolar Rossiyani guruhdan chiqarishga rozi bo‘lishlari dargumon.

“Moskva o‘zi shunday qarorga kelmas ekan, Rossiyani G20 dan chiqarib bo‘lmaydi. Negaki Rossiyani G20 a’zoligidan mahrum qilish jarayoni yo‘q”, degan Osiyodagi G20 ga a’zo davlat rasmiysi.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasining G20 yig‘ilishlarida ishtirok etishi G7 mamlakatlari uni o‘tkazib yuborishi ehtimolini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing