Rossiyami yo Ukraina? Qozog‘iston qay biri bilan ko‘proq yaqin?

Olam

image

Qozog‘iston ko‘p qirrali va muvozanatli tashqi siyosat yuritadi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning NHK teleradiokorporatsiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tleuberdi Rossiya va Ukraina Qozog‘iston uchun tarixan do‘st davlatlar ekanini ta’kidlagan. 

“Men Ukrainadagi mojarodan xavotirdaman. Rossiya va Ukraina Qozog‘iston uchun tarixiy do‘st davlatlardir. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev har ikki davlat rahbarlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularni muzokaralar stoliga o‘tirib, nizoni tinch va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda”, deydi Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri. 

U iqtisodiy nuqtai nazardan Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida yaqin aloqalar mavjudligi, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar Qozog‘iston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. 

“Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ishtirok etmaydi, lekin sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun turli imkoniyatlardan foydalanmaydi degan tamoyilga amal qiladi. Qozog‘iston ko‘p qirrali muvozanatli diplomatiya olib boradi. Biz Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz, shuningdek, AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya kabi dunyoning qudratli davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli munosabatlarni rivojlantirishga intilamiz. Bu bizga barcha mamlakatlardan sarmoya jalb qilish imkonini beradi”, deydi Muxtor Tleuberdi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Qozog‘iston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligini to‘xtatish va o‘z Qurolli kuchlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. Qozog‘iston Rossiyaning Ukraina hududiga harbiy bostirib kirishini rasman qoralamadi. Shu bilan birga, avvalroq mamlakat BMTda Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ovoz berishda asosan betaraf qolgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing