Rossiyaliklarning yana bir davlatga kirishi cheklanadi
Olam
−
13 Oktabr 2022 10621 1 daqiqa
Joriy yilning 25 oktyabridan boshlab Rossiya fuqarolari Chexiyaga Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari tomonidan berilgan turistik Shengen vizasi bilan kira olmaydi. Bu haqda “Novinky”ning yozishicha, Chexiya Tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy ma’lum qildi.
“Biz [hukumat] turizm, madaniyat va sport maqsadlarida qisqa muddatli Shengen vizalarini olgan Rossiya fuqarolariga nisbatan choralar ko‘rmoqdamiz. Ularning Chexiyaga kirishi taqiqlanadi. Bu, birinchi navbatda, Praga aeroporti orqali kelayotgan Rossiya fuqarolariga taalluqlidir. Rossiya rejimi tinch aholi manzillarini bombardimon qilayotgan bir vaziyatda biz bunga ko‘z yuma olmaymiz”, deydi u.
Chexiya Ichki ishlar vaziri Vit Rakusan hukumatning barcha a’zolari qarorga rozi ekanligini tasdiqlagan.
“Bu Chexiya Respublikasining aniq pozitsiyasini ifodalovchi choradir”, deydi u.
Sentyabr oyida Polsha, Latviya, Litva va Estoniya rossiyaliklarning turistik vizalar bilan mamlakatga kirishini to‘xtatdi. Shu bilan birga, kiritilgan cheklov faqat Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasiga taalluqlidir, shuning uchun bu mamlakatlarga qo‘shni davlatlardan kirish mumkin. Keyinchalik Finlyandiya ruslar uchun cheklovlarga qo‘shildi.
Live
Barchasi