Rossiyaliklarning qanchasi Putinning prezidentlik faoliyatini ma’qullaydi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaliklarning 79 foizi Prezident Vladimir Putinning faoliyatini ma’qullaydi, 81 foizi esa unga ishonadi. Bu haqda RIA Novosti VSIOMning 1 aprel kuni o‘tkazgan so‘roviga asoslanib, xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 21 martidan 27 martigacha bo‘lgan davrda Prezidentning faoliyatini ma’qullash darajasi 79 foizni tashkil etgan. Respondentlarning 13,5 foizi Putin faoliyatini ma’qullamasligini bildirgan. So‘rov ishtirokchilarining 81 foizi davlat rahbariga ishongan, 15,4 foizi esa ishonchsizlik bildirgan.

Mazkur so‘rovnomada Rossiyaning 53 ta sub’ektidagi 104 ta shahar va qishloq aholi punktlarida 18 yoshdan oshgan 1,6 ming rossiyalik ishtirok etgan.

Rossiyada 2000 yilning 26 mart kuni mamlakat prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tgan. Uning natijasiga ko‘ra, Vladimir Vladimirovich Putin 51 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan. 7 may kuni esa u o‘z vazifasiga kirishgan. Mana 22 yildirki u Rossiyani boshqarib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1671

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing