Rossiyaliklar “o‘limga qarshi” namoyishga chiqmoqchi
Olam
−
21 Sentabr 2022
15689“Bahor” yoshlar demokratik harakati rossiyaliklarni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishiga chaqirmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar bermoqda.
“Minglab rus erkaklari - otalarimiz, ukalarimiz va erlarimiz urushning go‘sht maydalagichiga tashlanadi. Ular nima uchun o‘lishadi? Nega onalar va bolalar ko‘z yoshlarini to‘kadilar? Putin saroyi uchunmi?!”, deb norozilik bildirgan harakat faollari.
Harakat fuqarolarni “Qabrlar yo‘q!” deb nomlangan umumrossiya namoyishida qatnashishga chaqirgan.
Qayd etilishicha, namoyishlar bugun, 21 sentyabr kuni rus mahalliy vaqti bilan soat 19:00 da Rossiyaning barcha shaharlari markazlarida o‘tkaziladi.
“Har kuni safarbarlik zarurligi haqida qichqirayotgan deputatlar va amaldorlar o‘zlarining issiq kursilarida tirik qolishadi. Biz ularni safarbar qilish va Ukrainaga jo‘natish kerak deb hisoblaymiz. Ular nosog‘lom fikrlari uchun o‘lishsin va oddiy yigitlarni o‘limga jo‘natmasin ", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman harbiy safarlik e’lon qildi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi