Rossiyaliklar chilimning xavfli emasligini aytmoqda

Bu qiziq

image

Rossiyaliklarning aksariyati chilimni tamaki mahsulotlarining xavfsiz turi deb bilishadi. Bu haqda "Romir" xoldingi tomonidan TASS uchun o‘tkazilgan so‘rov natijalarida aytilgan. 

Tadqiqot 2020 yil avgust oyida o‘tkazildi. Unda butun Rossiya bo‘ylab 18 yoshdan katta bo‘lgan 1055 respondent qatnashdi. Natijalarga ko‘ra, rossiyalik yoshi kattalarning 36 foizi chekuvchilar.

Shu bilan birga, erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq chekishadi: chekuvchilarning 49 foizini erkaklar, 29 foizini ayollar tashkil etadi.

Respondentlarning chekuvchilari ham, chekmaydiganlari ham chilimni boshqa tamaki mahsulotlaridan xavfsizroq deb hisoblaydilar. 

Shunday qilib, chekuvchilar chilim xavfini 3,8 balldan 5 ballgacha , chekmaydiganlar esa 4,2 ballga baholashdi. 

Shu bilan birga, ular oddiy sigaretalar xavfliligini mos ravishda 4,0 dan 4,6 ballgacha baholaganlar. 

"Biz chekish mavzusini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqdamiz. Shuni aytish mumkinki, so‘nggi yillarda tamakiga qarshi bo‘lgan qonunlarning kuchaytirilishi ruslar orasida chekuvchilar sonining sezilarli pasayishiga olib kelmadi. 

Birinchi taqiqlar chekuvchilarning 44% dan 33% gacha kamayishiga olib keldi, ikkinchisida esa, aksincha, o‘sish qayd etildi. Biz bunga sabab qilib, turli xil tamaki maxsulotlari paydo bo‘layotganini aytishimiz mumkin: ular yangi iste’molchilarni o‘ziga jalb qilmoqda", deydi "Romir"ning mijozlar bilan ishlash bo‘limi direktori Marina Shepotinenko.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing