Rossiyaliklar 32 yildan so‘ng ilk bor Mir Arab madrasasida o‘qiydi. Ramzan Qodirovning otasi ham shu yerda tahsil olgan

Jamiyat

image

Rossiyalik talabalar 32 yildan keyin ilk bor O‘zbekistondagi Mir Arab madrasasida tahsil oladi. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy yig‘ilishi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Rossiya musulmonlari diniy yig‘ilishi rahbari Albir Krganov O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov bilan bu masalada kelishib olgan. 

“O‘zbekiston bosh muftiysi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov bilan rossiyalik talabalarni Mir Arabda o‘qitish imkoniyati to‘g‘risida kelishib olindi. Endi biz chuvashistonlik talabalar bilan afsonaviy madrasadamiz. Bundan oldin yoshlar Qozondagi Muhammadiya madrasasida tayyorgarlik ko‘rgan. Buxoroda biz o‘qish shartlari bilan tanishdik, suhbatlar o‘tkazdik. Rossiyalik talabalar 32 yillik tanaffusdan so‘ng mehmondo‘st O‘zbekiston yurtiga qaytmoqda”, degan u. 

Shuningdek, Krganov nima uchun bunchalik uzoq vaqtdan beri rossiyaliklar Mir Arabda o‘qiy olmagani haqida gapirgan. 

“SSSR qulaganidan so‘ng turli sabablarga ko‘ra ruslar Buxoroga ta’lim olish uchun kelishni to‘xtatdi. O‘zbekistonda ham qiyin vaziyat yuzaga keldi. Biz hammamiz Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt va boshqa mamlakatlarning diniy markazlariga yugurdik. Ammo Buxoroda Misr yoki Turkiyadan yomonroq dars berilmaydi. Biz qaytib kelamiz”, deya ta’kidlagan u. 

Ma’lumot uchun, Mir Arab madrasasida bir vaqtlar Checheniston rahbarining marhum otasi Ahmat Qodirov ham tahsil olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mir Arab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar