Rossiyalik teleboshlovchi “ruscha” nomlardan voz kechayotgan qozog‘istonliklarni “manqurt”ga o‘xshatdi

Olam

image

Qozog‘istondagi vokzallarning nomi o‘zgartirilishini xushlamagan rossiyalik teleboshlovchi Tina Kandelaki ushbu jarayonni "manqurtlashish"ga qiyosladi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Kandelaki Qozog‘istondagi vokzallarning rus tilidagi nomi o‘zgartirilishidan norozi bo‘lib, “ismlarni o‘zgartirish qozoqlarning xotirasini o‘chirish bilan barobarligi” haqida yozdi.

"Hurmatli qozoqlar, sizda oddiy, ammo keng qamrovli tushuncha bor — “mengu” degan. Manqurt tushunchasi — xotirasini, o‘zligini, ba’zan aqlini yo‘qotgan odamga nisbatan qo‘llaniladi. O‘tmishni unutish, tarixning barcha ko‘rinishidan, shu jumladan, tarixiy nomlardan voz kechish nafaqat savodsizlik, balki undan ham battardir. Ayniqsa, yer yuzida yashaydigan va osmonga uchmaydigan odamlar uchun”, deb yozgan rus suxandoni o‘z Telegram-kanalida.

Shuningdek, u "Qonli yanvar voqealari"da Qozog‘istonga “qo‘shnilari yordam bermaganida” mamlakatda bugungi vaziyat ancha yomon bo‘lishi mumkinligini ham pisanda qilgan.

"O‘tmishni eslamaslik, ikki yil avval qo‘shnisining ko‘magi bo‘lmaganida Qozog‘iston davlati deyarli yo‘q bo‘lib ketishini unutish demakdir", degan Kandelaki.

Shuningdek, teleboshlovchi uchinchi dunyo mamlakatlari, jumladan Qozog‘istondagi "qoloq"likni kulgi ostiga olgan “Borat” filmini ham eslatgan.

"Bu esa “Borat”ni ham olqishlashdir. Qozog‘istondan tashqari uni yana kim taqiqlagan – Rossiya va Fors ko‘rfazi mamlakatlari.  G‘arbning ma’rifatli "elflari" uchun qozoqlar kimlar? Filmda bunga aniq javob  berilgan", deya qo‘shimcha qilgan Tina.

Ma’lumot o‘rnida, Tina Kandelakining bu fikrlariga qozog‘istonliklar ham o‘ziga xos javob berdi. Jumladan, qozog‘istonlik teleboshlovchi Dinara Satjan rossiyalik hamkasbiga "boshqalarning ishiga burnini suqmaslik"ni maslahat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing