Rossiyalik teleboshlovchi mushugi uchun Moskvadan uy sotib olmoqchi
Madaniyat-san’at
−
19 Oktabr 2021 11890 1 daqiqa
Rossiyalik teleboshlovchi Alena Vodonayeva Eskobar ismli mushugiga Moskvadan kvartira sotib olishga qaror qildi. Teleboshlovchining uy hayvoni uchun ko‘chmas mulk sotib olishi o‘g‘lining sog‘lig‘i bilan bog‘liq. Bu haqda Alena Vodonayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
Vodonayevaning aytishicha, uy hayvonining mo‘ynasi tufayli onasining sog‘lig‘i yomonlasha boshlagan. Keyinchalik, o‘g‘li Bogdanda ham allergiya bilan boliq muammolar paydo bo‘lgan: bola qattiq yo‘tala boshlagan. Natijada teleboshlovchining o‘g‘li otasining uyiga ko‘chib o‘tgan.
O‘z navbatida, Vodonayeva mushukni begona qo‘llarga bervora olmasligini aytgan. Shuning uchun uni alohida kvartiraga joylashtirishga qaror qilgan.
Teleboshlovchi ko‘chmas mulkni poytaxtning Xamovniki rayonidan ipotekaga sotib olmoqchi. U, allaqachon, mos keladigan uyga tashrif buyurgan va “mushuk buni qadrlashiga” umid bildirgan. Kelajakda Vodonayeva Xamovnikiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Live
Barchasi