Rossiyalik ovchiga “Qizil kitob”ga kiritilgan ikkinchi ayiqni ovlashga ruxsat berilmaydi

Jamiyat

image

Avvalroq Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudovning ruxsati bilan Rossiya fuqarosi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kamyob qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Rossiyalik ovchiga “Qizil kitob”ga kiritilgan 2 dona ayiqni ovlashga ruxsat berilgani qayd etilgandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili jamoatchilik e’tirozi inobatga olinib, ovchiga ikkinchi ayiqni otishga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi.

“Kvotadagi ikkinchi ayiq o‘rnatilgan tartibda, ya’ni qonun ustuvorligidan kelib chiqqan holda ko‘rilib, bo‘lib o‘tgan jamoatchilik e’tirozi inobatga olinib, ikkinchi ayiqni otishga  ruxsat berilmaydi”, deydi Qo‘mitaning Bioxilmaxillik va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Abdurashid Sodiqov.

Uning aytishicha, rossiyalik ovchi Ye.P. Shirokovga Qo‘mita tomonidan ov qilish uchun ruxsatnoma joriy yilning 3 martidan 31 dekabr kunigacha berilgan. Joriy yil “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlash uchun ajratilgan kvotadagi 2 ta ayiqqa ariza Rossiya fuqarosi Ye.P.Shirokovdan kelib tushgani uchun ham  ruxsatnoma unga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya qo‘mitasi rossiyalik ovchi ikkala ayiq uchun ham qonunchilikka ko‘ra tegishli mablag‘ to‘langanini ta’kidlab, bu holatning mutlaqo qonuniy ekanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing