Rossiyalik oligarxlar 24 mlrdga boyidi. Alisher Usmonov esa “kambag‘allashdi”

Olam

−

image

“Bloomberg Billionaires Index” (BBI) reytingidagi eng boy rossiyaliklarning umumiy moliyaviy holati 2021 yilning birinchi choragida 23,969 milliard dollarga o‘sgan. 

Rossiyaning TOP-10 milliarderi ro‘yxatida 7-o‘rinda turgan Alisher Usmonov esa ushbu davr mobaynida 1,38 milliard AQSH dollari yo‘qotgan. 

BBI hisob-kitoblari milliarderlarning ulushi bo‘lgan kompaniya aksiyalarining qiymatiga asoslangan. Quyida rossiyalik TOP-10 milliarderning umumiy va 2021 yilning birinchi choragida orttirgan boyligi bilan tanishing:

•  Vladimir Potanin (“Nornikel”) – 30,3 milliard AQSH dollar (+ 235 million dollar);

•  Leonid Mixelson (NOVATEK) – 29 milliard AQSH dollar (+ 4,27 milliard dollar);

•  Vladimir Lisin (NLMK) – 26,4 milliard AQSH dollar (+ 2,56 milliard dollar);

•  Aleksey Mordashov (“Severstal”) – 25,6 milliard AQSH dollar (+ 2,51 milliard dollar);

•  Vagit Alekperov (LUKOYL) – 19,9 milliard AQSH dollar (+ 2,61 milliard dollar);

•  Gennadiy Timchenko (NOVATEK, SIBUR) – 19,7 milliard AQSH dollar (+ 3,1 milliard dollar);

•  Alisher Usmonov (“Metalloinvest”, “MegaFon”) - 19,7 milliard AQSH dollar (- 1,38 milliard dollar);

•  Andrey Melnichenko (“Yevroxim”, SUEK) – 19 milliard AQSH dollar (+ 928 million dollar);

•  Roman Abramovich (Evraz) – 17,8 milliard AQSH dollar (- 665 million dollar);

•  Viktor Vekselberg (“Renova”) – 16,9 milliard AQSH dollar (+ 762 million dollar).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing