Rossiyalik milliarderlar yil boshidan beri qanchaga qashshoqlashgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
04 Oktabr 2022
5339Rossiyadagi eng badavlat tadbirkorlarning boyligi 2022 yil boshidan buyon 93,616 milliard dollarga kamaydi. Eng ko‘p qashshoqlashgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini “Renova” guruhi asoschisi Viktor Vekselberg boshqargan, uning boyligi 2022 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra 11,2 milliard dollarga kamayib, 7,24 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Milliarderlar indeksi (Bloomberg Billionaires Index) ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri “Severstal” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov 9,78 milliard dollar yo‘qotgan, uning boyligi 19,1 milliard dollargacha qisqargan. Tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi “Novatek” kompaniyasi aksiyadori Gennadiy Timchenko 9,66 milliard dollar yo‘qotdi, uning boyligi 12,8 milliard dollarni tashkil etdi, NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin esa 9,12 milliard dollarga kamayib, 18,9 milliard dollarga tushdi. Alisher Usmonovning boyligi esa yil boshidan beri 2,93 mlrd dollarga kamayib, 18,3 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Evraz kon-metallurgiya xoldingi aksiyadori Roman Abramovich 8,26 milliard dollar yo‘qotdi, 2022 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, uning boyligi 9,74 milliard dollarga baholanmoqda.
Shu bilan birga, “Fosagro” direktorlar kengashining sobiq a’zosi Andrey Gurev o‘z boyligini 1,58 milliard dollarga oshirib, 9,48 milliard dollarga yetkazdi. Wildberries internet-do‘konining bosh direktori Tatyana Bakalchuk (198 million dollarga, 5,8 milliard dollarga yetdi) va USM xoldingi aksiyadori Andrey Skochning (172 million dollarga, 5,59 milliard dollarga yetdi) boyligi ham oshgan.
LiveBarchasi