Rossiyalik milliarder 5 yil ichida dollar hukmronligi tugashini bashorat qildi

Olam

image

Rossiyalik tadbirkor Oleg Deripaska besh yildan so‘ng dollar hukmron valyuta bo‘lishdan to‘xtashini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida fikr bildirgan

“Besh yildan keyin dunyo yanada muvozanatli bo‘ladi, hisob-kitoblar diversifikatsiya qilinadi, kripto-raqamli valyutalar mos keladi. Ha, boshida qiyin bo‘ladi, lekin keyin dunyo yangi sifatni kashf etadi. Gegemonsiz dunyo bo‘ladi”, deb yozgan tadbirkor.

Deripaskaning fikricha, dollar hukmronligining oxiri uning hech qanday huquqiy baholarsiz rozi bo‘lmaganlarning barchasiga qarshi o‘ch olish quroli sifatida qo‘llanilishi tufayli keladi. Bunga misol tariqasida tadbirkor o‘nlab, yuz minglab odamlarni ish bilan ta’minlagan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalarni keltirib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Oleg Deripaska rossiyalik yirik milliarder bo‘lib, asli millati yaxudiy. U  Fobes jurnalining ro‘yxatida 230-o‘rinda turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiyalik milliarder dollar hukmronligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar