Rossiyalik futbolchi APLga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

Moskvaning "SSKA" klubi hujumchisi Fyodor Chalovga Angliyaning "Kristal Pelas" klubi qiziqmoqda.
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Roy Xojson rossiyalik futbolchini qishki transferlar oynasida jamoaga olib kelmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, angliyaliklar Chalov uchun 25 million yevro to‘lashga tayyor. 

Bundan tashqari, "armiyachilar" hujumchisi Angliyada muvaffaqiyatli o‘ynab keta olsa, katta bonuslar berilishi ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Fyodor Chalov 1998 yilda Moskvada tug‘ilgan. U joriy yildan Rossiya terma jamoasining hujumchisi ham hisoblanadi.

Chalov o‘tgan mavsum RPLda 15ta gol bilan to‘purar bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Fyodor Chalov APLga o'tishi mumkin

Baholaganlar

25

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar