Rossiyalik erkak 6 yashar qizni zo‘rlab, o‘ldirdi
Olam
−
18 fevral 2022
21350Tojikistonda rossiyalik erkak 6 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirganlikda ayblanib, 28 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xatlon viloyatida vaqtincha yashovchi erkak 2016 yilda tug‘ilgan qizni zo‘rlab, o‘ldirgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xabar haqida sud o‘tganidan ikki oy o‘tib, kecha 17 fevral kuni Tojikiston Bosh prokurori o‘zining rasmiy saytida ma’lum qilgan.
Hukm Xatlon viloyat sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan o‘tgan yili 16 dekabrda chiqarilgan. Mahkum jazoni qattiq rejimdagi koloniyada o‘taydi.
Ta’kidlanishicha, erkakning tug‘ilgan yili, Tojikistonda qayerda va kim bo‘lib ishlagani ko‘rsatilmagan. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, sentyabr oyida erkak mast holda ko‘chaga chiqib, onasi bilan uchrashish uchun ketayotgan qizni uchratib qolgan. .
Shundan so‘ng, u qizchani aldov yo‘li bilan kimsasiz joyga olib borib, qizning qo‘l-oyog‘ini poliyetilen arqonlar bilan bog‘lab, zo‘rlagan. Jinoyatini yashirish uchun esa qizni o‘ziga tegishli shimi bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Xabarga ko‘ra, erkakka nisbatan Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddaning 2-qismi “v” bandi (ma’lum voyaga yetmaganni yoki nochor ahvoldagi shaxsni o‘ldirish) va 139-qism 4-qismi “a” bandi (14 yoshga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy tajovuz qilish) bilan 28 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi