Rossiyalik bokschilar Toshkentdagi turnirda qatnashadi

Sport

image

Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi yanvar oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etish niyatida. Bu haqda erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Farxutdinov RIA Novostiga ma’lum qildi.

Turnir Toshkent shahrida 15-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 30 ga yaqin davlatdan bokschilar ishtirok etadi. Rossiyaliklar ham taklif qilindi.

"May oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yaxshi va qizg‘in tayyorgarlikni O‘zbekistondagi xalqaro turnirdan boshlamoqchimiz. Chunki u yerda bizni kuchli va munosib raqiblardan iborat jamoalar kutadi", – deydi Farxutdinov. 

Erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati 2023 yilning 1-14 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing