Rossiyalik bloger Turkmaniston fuqaroligini oldi
Olam
−
08 mart 2023
10665Rossiyalik jurnalist va bloger Ilya Varlamov yaqinda Rossiyadan ko‘chib ketayotganini tan oldi. U o‘zining Instagram sahifasida Turkmaniston fuqaroligini olganini e’lon qildi.
Varlamov Instagram’ga qo‘lida turkman pasporti bilan tushgan suratini joylagan va endi boshqa davlat fuqaroligini olgani sir emasligini yozgan. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yil avval u qandaydir noodatiy voqeaga qo‘shilib qolgan.
“Bugun Istanbuldagi elchixonada Turkmaniston fuqaroligini qabul qildim va nihoyat pasport oldim. Qarang va hasad qiling, men fuqaroman”, deb yozgan Varlamov.
Shuningdek, jurnalist oldinda qiyin qadamlar va qiziqarli kantent kutayotganini yozgan.
Ta’kidlash joizki, oldinroq Davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonov blogerga qarshi Rus armiyasini obro‘sizlantirish masalasida jinoiy ish ochtirishi va uni xorijiy agentlar ro‘yxatiga qo‘shtirishini aytib, tahdid qilgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda 4306 kishi Rossiya fuqaroligidan chiqqan. Bu so‘nggi uch yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan. 2020 yilda 3877 ta, 2021 yilda 4055 ta fuqarolikdan chiqish holatlari qayd etilgan.
LiveBarchasi