Rossiyalik amaldor o‘zbekistonlik fuqaroga qo‘pollik qilgani uchun jazolandi
Olam
−
16 yanvar 2020
5205Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi boshqa millatga mansubligi sababli o‘ziga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan davlat va munitsipal xizmatlar ko‘rsatish markazi xodimasining noloyiq xatti-harakatlaridan shikoyat qildi. Bu haqda Abnews xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Viborg tumanida ro‘y bergan. O‘zbekiston fuqarosi holat yuzasidan Sankt-Peterburgdagi inson huquqlari bo‘yicha vakili Aleksandr Shishlovga shikoyat bilan murojaat qilgan.
Murojaatda keltirilishicha, davlat va munitsipal xizmatlar ko‘rsatish markazi inspektori S. beparvolik qilib, arizani o‘ylab topilgan sababga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortgan. Murojaatchiga qo‘pollik qilib, uning pasporti hamda hujjatlarini otib yuborgan.
O‘zbekiston fuqarosining qo‘shimcha qilishicha, u boshqa inpektorni kutishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng, u qog‘ozlar to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirgach, o‘z ishini bajargan.
Ombudsman Aleksandr Shishlov murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirish tashabbusi bilan chiqqan. Keyinroq uning saytida davlat va munitsipal xizmatlar ko‘rsatish markazi xodimasining nomaqbul xatti-harakati tasdiqlangan, u intizomiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar e’lon qilingan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi