Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritish rejalashtirilmoqda

Olam

image

Germaniya kanssleri Olaf Shols bugun, 8 fevral kuni Yevropa Ittifoqining navbatdan tashqari sammiti oldidan Ukrainaga bosqinning bir yilligi munosabati bilan Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir bor kuchaytirishini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Putin o‘z maqsadlariga erisha olmaydi – na jang maydonida, na o‘ziga xos tinchlik yo‘li bilan”, degan Shols Bundestag (parlament quyi palatasi)da. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukrainani o‘tgan yilning 24 fevralida boshlangan urushda qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi.

Manbaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning qo‘shnisiga bostirib kirishining bir yilligi arafasida tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘ninchi sanksiyalar paketi ustida ishlayapti.

Shuningdek, Shols Ukrainaga kim ko‘proq va yaxshiroq qurol yetkazib bera olishi borasida ba’zi davlatlar o‘rtasidagi ommaviy raqobatni tanqid qilib, bu ittifoqchilar birligini zaiflashtirganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi yetakchilari 9-10 fevral kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan maxsus sammitda Ukrainadagi urushdan tashqari tartibsiz migratsiya va ittifoqning iqtisodiy ahvolini ham muhokama qiladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing