Rossiya O‘zbekistonga 35 mln doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi
Olam
−
25 Sentabr 2020
13137Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi va LAXISAM farmatsevtik kompaniyasi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan 35 mln doza yetkazib berishga klishib oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
“O‘zbekistondagi nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgach, 2020 yilda respublikaga 10 million dozagacha, 2021 yilda esa yana 25 million doza vaksina yetkazib berilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Gamaley nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11 avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Vaksina "Sputnik V" deb nomlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiyadan vaksina sotib olish uchun preparatni o‘rganish ishlarini boshlagandi. Ammo bu o‘rganish natijalari nima bo‘lgani haqida hech bir idora rasmiy a’lumot bermadi.
LiveBarchasi