Rossiyaga kirgan migrantlar soni 1 millionga kamaydi

Olam

image

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida Rossiyaga kirgan chet elliklar soni 1 millionga kamaydi. Hozir Rossiyaga eng ko‘p Qozog‘iston, shuningdek. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari bormoqda. Bu haqda mamlakat Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning Chegara xizmatlari ma’lumotiga tayanib, Moskva FM xabar berdi.   

Mutaxassislar bunday kamayishni migratsiya qonunchiligi kuchaygani bilan bog‘layapti. Huquqshunoslarning aytishicha, mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan chet elliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladigan ommaviy ochiq reyestr yo‘lga qo‘yilgan. Bu ularga 30 ming rubldan yuqori bo‘lgan bank amaliyotlari, shuningdek nikoh tuzish kabi turli xizmatlardan foydalanishni cheklaydi. Bundan tashqari, chet elliklarni mamlakatdan chiqarish jarayoni tezlashtirilgan va noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgan.

Mehnat migrantlari uchun qonunlar qat’iylashgani bilan birga, kiruvchi turistlar oqimi ham kamaygan. Tur operatorlar assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yil boshidan beri u 6 foizdan ko‘proqqa qisqargan. Asosiy sabablardan transportdagi qiyinchiliklar va aviabiletlarning qimmatligi, chet elliklar uchun qulay to‘lov vositalarining yo‘qligi, shuningdek SIM-kartalar ishlashidagi muammolar ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xorijiy ishchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarini kengaytiruvchi qonunni imzolagandi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing