Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bloklandi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tomonidan tayyorlangan va muhokama qilinayotgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarining oltinchi paketi bloklandi. Bu haqda bugun, 18 may kuni Yevropaning Iqtisodiyot bo‘yicha komissari Paolo Jentiloni “Rai News 24” telekanali efirida ma’lum qildi va kelishuvga erishishda oldinga siljish bo‘lishiga umid bildirdi.

“Biz beshta sanksiya paketini juda tez va bir ovozdan qabul qildik, biroq oltinchi paket ma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab turibdi. Men murosa topish istiqbollariga optimistik qarayman”, deydi Jentiloni.

Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni YeI Tashqi ishlar vazirlari hujjatning asosiy bandlaridan biri bo‘lgan Rossiya neftining importiga embargo qo‘yish taklifi sabab sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha yana kelisha olmagani ma’lum qilingan edi. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ushbu paketni qabul qilish uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar “sof texnik va iqtisodiy xususiyatga ega” ekanini ta’kidladi.

Vengriya rasmiylari Rossiyadan neft yetkazib berish taqiqlanishidan xavotir bildirdi. Ularning fikricha, bunday choradan mamlakat juda katta zarar ko‘radi. Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Budapeshtga 15-18 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam berishni so‘radi. Agar birlashma shunday qadam tashlasa, Vengriya rasmiylari embargo qo‘yishga rozi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

494

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing