Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzoq yillar davom etadi – Medvedev

Olam

image

Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar juda uzoq vaqt, o‘nlab yillar davomida amal qiladi. Bu hatto Ukrainadagi maxsus operatsiya bilan ham bog‘liq emas. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

“Siz va men yaxshi bilamizki, joriy qilingan sanksiyalar juda uzoq vaqt davomida amal qiladi. Va buning hatto maxsus harbiy operatsiyaga [Rossiyaning Ukrainadagi] hech qanday aloqasi yo‘q. Bu avval ham, jumladan, sovet davrida ham bo‘lgan. Ya’ni, bu o‘n yilliklardir. Shuning uchun biz faqat o‘z imkoniyatlarimizga tayanishimiz lozim”, deya ta’kidladi u.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar tufayli ilmiy markazlarni jihozlash uchun xorijdan uskunalar sotib olish imkoniyati yo‘q. 

“Xuddi shu sababga ko‘ra, xorijiy pitomniklardan ko‘plab turdagi laboratoriya hayvonlari mavjud emas. Mamlakatimizda o‘z vivariylarimiz (eksperimental hayvonlarni ko‘paytirish uchun xonalar – tahr.) ham yetarli emas”, deydi u.

Shuningdek, u klinikadan oldingi tadqiqotlar tizimini takomillashtirish muhimligini ta’kidladi. Chunki bu dori vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishning eng muhim bosqichlaridan biri.

“Bunday sinovlar odamlarda sinovdan o‘tkazilishidan oldin ularning to‘liq xavfsizligi va samaradorligini kafolatlashi kerak. Ammo boshqa tomondan, biz tadqiqotning klinikagacha bo‘lgan bosqichini imkon qadar tezroq qilishdan manfaatdormiz”, deydi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

Uning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasida “bu sohada ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda: klinikadan oldingi tadqiqotlar davomida eng xavfli patogenlar bilan ishlay oladigan tashkilotlar va sertifikatlangan laboratoriyalar yetarli emas”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing