Rossiya Britaniyaning 49 fuqarosiga sanksiya qo‘lladi
Olam
−
15 iyun 2022
3529Moskva Londonning Rossiyaga qarshi harakatlari munosabati bilan Britaniyaning yirik ommaviy axborot vositalari, qurolli kuchlar qo‘mondonligi, harbiy-sanoat kompleksi va Buyuk Britaniya mudofaa lobbisining 49 nafar vakilining Rossiyaga kirishini taqiqladi. Bu haqda kecha, 14 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.
“Britaniya hukumatining mamlakatimizning yetakchi jurnalistlari va ichki mudofaa majmuasi kompaniyalari rahbarlariga nisbatan shaxsiy sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha Rossiyaga qarshi harakatlari munosabati bilan bir qator kompaniyalar rahbarlari, qurolli kuchlar qo‘mondonligi, harbiy-sanoat kompleksi va Buyuk Britaniya mudofaa lobbisi vakillari, shuningdek, Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari muxbirlarini Rossiya stop-listiga kiritishga qaror qilindi”, deyiladi Rossiya diplomatik xizmati xabarida.
Bayonotda keltirilishicha, ro‘yxatga, xususan, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeremi Mark Kuin, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Leo Docherti, Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni, Milliy harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i Benjamin Jon Key, Britaniya harbiy-havo kuchlari Maykl Uigston, Britaniya Qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i o‘rinbosari Robert Endryu Magovan kiritilgan.
“Rossiya stop-listini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etadi”, deyiladi TIV bayonotida.
LiveBarchasi