Rossiyadan UEFA Superkubogiga mezbonlik tortib olindi

Sport

image

UEFA Yevropa Superkubogi-2023 ni Rossiyaning Qozon shahridan boshqa joyga ko‘chiradi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, UEFA rahbariyati Yevropa Superkubogini o‘tkazish uchun muqobil joylarni ko‘rib chiqmoqda. Agarda, boshqa munosib joy tanlanadigan bo‘lsa, ommaga ma’lum qilinadi.

Oldinroq ,UEFA Rossiya klublarini va terma jamoalarini keying mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishdan chetlatgandi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finalini o‘tkazish huquqidan mahrum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Ak Bars Arena” UYeFA Superkubogini qabul qiladigan Rossiyadagi birinchi stadion bo‘lishi mumkin edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing