Rossiyadagi YTHda to‘rt o‘zbekistonlik og‘ir jarohat oldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Saratov viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida to‘rt nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi. Bu haqda Saratov viloyati Sog‘liqni Saqlash vaziri Oleg Kostin ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Saratov viloyatida yengil avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Oqibatda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlanib, bir kishi halok bo‘lgan.

“Bugun, 20 mart kuni soat 1:46 da Fyodorov tumanidagi avtomobil yo‘lida Plyos qishlog‘iga burilishda yengil avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Besh kishi jarohatlangan, ulardan biri vafot etgan”, deb yozgan Kostin o‘zining Telegram-kanalida.

Uning aniqlik kiritishicha, 25 yoshli yigit halok bo‘lgan, 20-30 yoshlardagi to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan.

“Bir kishi ochiq kranioserebral shikastlanish, ko‘krak qafasi shikastlanishi, uchinchi darajali koma bilan ahvoli o‘ta og‘ir holatda. Ikkinchisi yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va jarohati, umurtqa pog‘onasi shikastlanishi bilan og‘ir ahvolda. Uchinchisi yopiq kranioserebral shikastlanish, bosh miya chayqalishi, bel umurtqasi shikastlanishi bilan og‘ir ahvolda. To‘rtinchi fuqaro bosh miya jarohati va chayqalishi bilan o‘rtacha og‘ir ahvolda”, deb yozgan vazir.

Ma’lum qilinishicha, to‘rt nafar o‘zbekistonlik Fyodorov tuman shifoxonasiga yotqizilgan, ulardan ikki nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

 Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing