Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning eski “prava”larini yangisiga almashtirish boshlandi

Olam

image

Joriy yilning 25 yanvaridan Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish boshlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, guvohnomani O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi, shuningdek, mamlakatning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Rostov-na-Don va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklarida almashtirish mumkin. 

Hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 noyabrdagi “Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi turdagi milliy haydovchilik guvohnomalarini berishda qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 667-son qaroriga muvofiq qabul qilinadi. 

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, xohlovchilar xorijga chiqish uchun biometrik pasportning asl nusxasi yoki fuqaroning biometrik pasporti (ID karta), milliy haydovchilik guvohnomasining asl nusxasi va milliy haydovchilik guvohnomasi uchun kuponning asl nusxasi bilan elchixonaning konsullik bo‘limiga, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan shaharlardagi bosh konsulliklarga murojaat qilishlari mumkin. 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun elchixona konsullik bo‘limining aloqalar markaziga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20, shuningdek, savollarni telegramm kanalga yuborish mumkin @UzKoRusFAQ.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing