Rossiyadagi migrant bolalarining yarmi maktabga bormayapti

Olam

image

Rossiyada ota-onasi xorij fuqarolari bo‘lgan 638 174 nafar voyaga yetmagan bola bor va ularning yarmi maktablarga bormaydi. Bu haqda kecha, 10 iyun kuni Rossiya Davlat dumasi deputatlarining so‘roviga javoban mamlakat Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov ma’lum qildi.

“Ularning aksariyati o‘qimaydi, degan gap haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylayman. Lekin, ehtimol, yarmisi qandaydir sabablarga ko‘ra bekor yuribdi”, deydi Zubov.

Shuningdek, u bunday bolalar soni kamayib borayotganini ma’lum qilgan. Zubovning aytishicha, Moskva shahrida 80 ming 282 nafar voyaga yetmagan xorijlik yashaydi, ulardan faqat 25 ming nafari ta’lim olmoqda.

Bildirilishicha, kecha, 10 iyun kuni Davlat dumasi deputatlari birinchi o‘qishda qonun loyihasini qabul qilgan. U bo‘yicha hududiy va mahalliy ta’lim boshqarmalari migrant bolalar haqida Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘limlariga ma’lumot berishga majbur bo‘ladi.

Bu ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:

  • rus tilini bilish bo‘yicha test natijalari;
  • ta’lim muassasasiga qabul qilinishi yoki chiqarilishi haqidagi ma’lumotlar;
  • nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilgan ota-onalarning maktabga qilgan murojaatlari haqidagi ma’lumotlar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprelidan boshlab, Rossiyada maktabga qabul qilishdan oldin migrant bolalar rus tili bo‘yicha test topshirishni boshladi. Imtihon og‘zaki va yozma shaklda o‘tkaziladi. Faqat 1-sinf o‘quvchilari uchun esa faqat og‘zaki qismi o‘tkaziladi. Agar bola testdan o‘ta olmasa, o‘qishga ruxsat etilmaydi. Imtihonni qayta topshirish faqat 3 oydan keyin mumkin bo‘ladi.

Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, ikki oy ichida til bo‘yicha test o‘z “natijasini” bergan – maktabga murojaat qilganlarning faqat 4 foizi qabul qilingan. 22 may holatiga ko‘ra, test topshirish uchun 2868 ta ariza topshirilgan va faqat 17 foiz, ya’ni 498 kishi imtihonga ruxsat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya maktab migrant bolalar Igor' Zubov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing