Rossiyadagi legionerning shartnomasi bekor qilinishi mumkin

Sport

image

Rossiya chempionatida to‘p tepadigan chet ellik futbolchilarning shartnomasi 2022-2023 yilgi mavsumdan boshlab to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda “RB Sport” nashri o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, legioner futbolchilarning Rossiya chempionatida keyingi mavsumdan boshlab o‘ynamasligining ehtimoli yuqori. Hozircha chet ellik futbolchilarni mamlakatda olib qolish uchun hech qanday imkoniyat ko‘rinmayapti.

RPL klublari 30 iyundan so‘ng o‘yinchilar majburiyatlardan ozod qilinishi va erkin agent sifatida ketishlariga ruxsat berilishidan qo‘rqishgan, ammo bu sodir bo‘lmaydi. Biroq katta ehtimol bilan futbolchilarga Rossiya klublari bilan shartnomalarini nafaqat keyingi olti oyga, balki butun 2022-2023 yilgi mavsum uchun to‘xtatishga ruxsat beriladi.

Rossiyaning Ukrainaga urushi ortidan Rossiya sporti ham og‘ir cheklovlarni boshidan o‘tkazmoqda. Albatta, bundan futbol ham mustasno emas. UEFA 2022-2023 yilgi mavsum uchun  Rossiya terma jamoalari va klublarini har qanday musobaqalardan chetlatdi. Agarda, chet ellik futbolchilarning shartnomasi bekor qilinmasa, ular faqatgina Rossiya chempionatida o‘ynash bilan cheklanishi mumkin.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing